SCIENTRA.
Barcha manbalar
BORAR YO'LING TURKISTONDIR... muqovasi

Kitob · 2023

BORAR YO'LING TURKISTONDIR...

Zaynobiddin Abdirashidov, Nodira Egamqulova

Annotatsiya

XX asr o‘zbek milliy uyg‘onish harakati – jadidchilikning yorqin vakillarining hamon dolzarbligini yo‘qotmay kelayotgan uyg‘oq fikrlari aks etgan ushbu to‘plamga milliy va tashqi davriy nashrlarda e’lon qilingan safar xotiralari, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotga doir maqolalar, adabiy materiallar kiritildi. Shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiyning qator maqolalari va «Farg‘ona xotiralari»ning davomi, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ismoil Obidiy, Abdulla Haybullin, Mo‘minjon Muhammadjonov, Ahmadjon Bektemirov maqolalari, Abdurauf Muzaffarzoda qalamiga mansub tanqidiy maqolalar hamda «Ong umidlari» hikoyasi ilk bor e’lon qilinmoqda. Ushbu nashr XX asr ijtimoiy-siyosiy va adabiy tafakkurining shakllanishi, milliy uyg‘onish davri bilan qiziquvchi mutaxassislar hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Bibliografik ma’lumotlar